O'zbek poliz mahsulotlari Shvetsiya bozorini zabt etmoqda
Iyul 12, 2025. 15:43 • 33 soniya
• 130
STOKGOLM, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonda yetishtirilgan "Torpedo" va "Obinovvot" nomli qovunlarning birinchi partiyasi Stokgolmga yetkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonda yetishtirilgan qovunning tami va shirinligi shved xaridorlariga ma'qul kelgani bois juda tez fursatda sotildi. Shu sabali Shvetsiya eksportyorlari qo'shimcha 20 tonna qovunga buyurtma berdi.
Dunyoning premium bozorlariga quritilgan mevalar va yangi meva-sabzavot mahsulotlarining ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida o'zini namoyon etgan "Fergana Exim Agro" kompaniyasi o'zbek dehqonlari tomonidan yetishtirilgan qovunlarni Shvetsiyaga muvaffaqiyatli eksport qilyapti.
Korxona rahbari Yorqin Inamovning aytishicha, "Fergana Exim Agro" kompaniyasi Shvetsiyani eng istiqbolli bozorlardan biri deb biladi va o'zbek poliz mahsulotlarini yetkazib berish ushbu mahsulotning Yevropada ommalashishiga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi