Logo

O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidenti Xalqaro Fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi akademigi unvoni bilan taqdirlandi

Sentabr 19, 2025. 17:25 • 53 soniya

408
O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidenti Xalqaro Fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi akademigi unvoni bilan taqdirlandi

MINSK, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Prezidiumi binosida Xalqaro Fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi kengashining 38-yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Xitoy, Rossiya, Vyetnam, Mongoliya, Ozarbayjon, Chernogoriya, Armaniston, Kuba, Qirg'iziston, Gruziya, Tojikiston va boshqa davlatlarning Fanlar akademiyalari prezidentlari va rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev qatnashdi.

Yig'ilish davomida, bo'lib o'tgan saylov natijalari asosida O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayevga Xalqaro Fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining akademigi unvoni topshirildi. Akademik Shavkat Ayupov, shuningdek, tashkilotning medali bilan taqdirlandi.

Tadbirda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, fan va innovatsiyalar sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

O'zbekistonlik olimlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligi va hissasi yuqori baholanmoqda. Bu, o'z navbatida, mamlakatimizda fan taraqqiyotiga qaratilayotgan e'tibor va yaratilayotgan imkoniyatlarning e'tirofi sifatida ko'rilmoqda. Ushbu tadbir, o'zaro manfaatli ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kelgusidagi qo'shma ilmiy loyihalar uchun mustahkam zamin yaratishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish