Logo

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida qancha xorijlik talaba tahsil olmoqda?

May 12, 2025. 17:48 • 34 soniya

85
O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida qancha xorijlik talaba tahsil olmoqda?

TOSHKENT, 12-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida 2024/2025 o'quv yilida 12,5 ming nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning eng katta qismini, ya'ni 6502 nafarini hindistonliklar tashkil etmoqda. Keyingi o'rinlarda esa 1430 nafar talaba bilan Turkmaniston va 1250 nafar talaba bilan Pokiston turibdi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda Rossiyadan 732 nafar, Qozog'istondan 639 nafar, Qirg'izistondan 369 nafar, Xitoydan 325 nafar, Tojikistondan 322 nafar, Koreya Respublikasidan 197 nafar, Afg'onistondan 157 nafar, Kanadadan 126 nafar va boshqa davlatlardan 431 nafar talaba tahsil olyapti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish