O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Bishkekda Qirg'iziston Prezidenti bilan uchrashdi
Avgust 20, 2025. 18:08 • 54 soniya
• 51
BISHKEK, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga samimiy qabul va ochiq hamda ishonchli ruhda o'tgan mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik izhor etaman, - deb yozdi O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda xalqlarimizni o'zaro ishonch va hurmat asosida taraqqiyot va farovonlikka intilish birlashtirayotgani alohida ta'kidlandi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston bilan eng yaqin qo'shni va strategik hamkor sifatida munosabatlarni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratadi.
Chegara masalalari bo'yicha muvaffaqiyatli kelishuvlar, milliy ID hujjatlarini o'zaro tan olish, qo'shma korxonalar hamda Qambarota GES-1 va Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'li kabi yirik umumiy loyihalar buning yaqqol tasdig'idir.
Uchrashuvda mamlakatlarimizda o'tkazilayotgan "Zakovat" intellektual o'yini musobaqalari ham e'tirof etildi. Bu loyiha yoshlarimiz o'rtasida do'stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgan juda samarali tashabbus sifatida qayd etildi.
O'zbekiston va Qirg'izistonni asrlar davomida shakllangan qardoshlik va qo'shnichilik rishtalari birlashtirib turadi. Biz ularni qadrlaymiz va kelgusida yana-da mustahkamlaymiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi