O'zbekiston Ulan-Batordagi xalqaro konchilik ko'rgazmasida ishtirok etdi
Sentabr 15, 2025. 16:19 • 2 daq
• 368
TOSHKENT, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida "Mining Week & MinePro – 2025" to'rtinchi xalqaro konchilik ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Uzbek Overseas Geology Company" ma'lumotiga ko'ra, ushbu nufuzli ko'rgazma konchilik sohasi bo'yicha mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri sifatida e'tirof etiladi va u kon sanoatining bugungi yutuqlari hamda istiqboldagi imkoniyatlarini namoyish etishga xizmat qiladi.
Mazkur ko'rgazmada ilk bor O'zbekiston rasmiy delegatsiyasi keng ko'lamda ishtirok etdi. Jumladan, Tog'-kon sanoati vazirligi, "Navoiyuran" davlat korxonasi, "Uzbek Overseas Geology Company" xorijiy geologiya kompaniyasi, "Navoiy" KMK, "Olmaliq" KMK, "O'zbekiston metallurgiya zavodi" hamda O'zbekiston Texnologik metallar kombinati o'z stendlari bilan qatnashdi. Milliy stendlarda mamlakatimizning boy tabiiy resurslari, ilg'or geologiya-qidiruv ishlari, konchilikdagi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish salohiyatini keng jamoatchilikka namoyish etdi.
Ko'rgazma doirasida O'zbekiston va xorijiy kompaniyalar vakillari o'rtasida uchrashuvlar o'tkazdi va hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.
"Mining Week & MinePro – 2025" ko'rgazmasida 14 davlatdan 300 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etdi. Uning dasturidan xalqaro konferensiyalar, panel muhokamalar, innovatsion taqdimotlar va kooperatsiya uchrashuvlari o'rin olgan. Muhokamalarda konchilik sanoatida yuqori samaradorlikka erishish, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda investitsiya muhitini yaxshilash masalalari xususida fikr almashinildi.
O'zbekistonning ushbu ko'rgazmada ishitiroki, yurtimiz konchilik va metallurgiya salohiyatini keng targ'ib qilish, xorijiy investorlar va yetakchi kompaniyalar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, shuningdek, sohada zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim platforma bo'lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi