O'zbekistonda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish o'tkaziladi
Sentabr 22, 2025. 11:47 • 45 soniya
• 18
TOSHKENT, 22-sentabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Huquqiy axborot kanali ma'lumotiga ko'ra, farmonga binoan, O'zbekistonda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish 2026-yil 15-yanvar holatiga ko'ra, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o'tkaziladi.
Ro'yxatga olish tadbirini o'tkazishni tashkil etish bo'yicha respublika komissiyasi tuziladi.
Ro'yxatga olish tadbiri "mahalla yettiligi" tizimi xodimlarini 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo'lgan davrda jalb etish orqali o'tkaziladi.
Bunda O'zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo'mitasi hamda mas'ul idoralar bilan birgalikda "mahalla yettiligi" tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro'yxatga olish tadbiri o'tkazilishini ta'minlaydi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha o'z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro'yxatdan o'tishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, tuman (shahar)larda ro'yxatga olish shtablari tashkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi