O'zbekistonga hurmat belgisi
Sentabr 04, 2025. 16:54 • 34 soniya
• 113
TOSHKENT, 4-sentabr. /"Dunyo" AA/. 1-sentabr – O'zbekiston Mustaqilligi kuni yurtimizda va xorijda keng nishonlandi, deb xabar "Dunyo" AA muxbiri.

E’tiborlisi, ushbu sana munosabati bilan dunyoning eng mashhur binolari va manzillarida O'zbekiston davlat bayrog'i tasvirlandi.
Jumladan, Kanada va AQSH chegarasidagi Niagara sharsharasi, Dubaydagi mahobatli Burj Xalifa va Abu-Dabidagi eng baland "Adnoc" binosi, Hindistondagi qadimiy Qutb Minor, Dohadagi "Sheraton Grand" va Pokiston poytaxtidagi "Mövenpick" mehmonxonalari yurtimiz bayrog'i ranglariga burkandi.
Ushbu loyihalar O'zbekistonning jahondagi yuksak obro'-e’tiboridan dalolat beradi. Ularda ochiqlik va modernizatsiya yo'lidan dadil ketayotgan davlatimizga bo'lgan hurmat-ehtirom o'z ifodasini topdi. Bugun O'zbekiston jadal va izchil taraqqiyoti, demokratik rivojlanish sari intilishi orqali sayyoramizning turli burchaklarida munosib e’tirofga sazovor bo'layotir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi Xitoyda keng nishonlandi
Hindiston poytaxtida O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlandi