"Toshkent-Madrid" yo'nalishidagi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlari yo'lga qo'yildi
Aprel 11, 2025. 16:56 • 42 soniya
• 170
MADRID, 11-aprel. /"Dunyo" AA/. "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi "Toshkent-Madrid" yo'nalishidagi to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Havo qatnovlarining ochilish marosimi Adolfo Suares nomidagi Madrid-Baraxas aeroportining 1-terminalida bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston elchisi Farrux Tursunov va aviakompaniya mutasaddilari ishtirok etdi.
Toshkent va Madrid o'rtasidagi parvozlar sakkiz soatni tashkil qiladi. Yangi yo'nalish "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi tarmog'idagi eng uzun masofalardan biriga aylandi. Parvozlar haftada bir marta – dushanba kuni amalga oshiriladi.
Ushbu havo qatnovlari O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi madaniy almashinuv, turizmni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochishi kutilyapti.
"Toshkent-Madrid" to'g'ridan-to'g'ri aviareysining ochilishi sayyohlik agentliklari va biznes vakillari tomonidan ham ijobiy baholandi. Ularga ko'ra, endi O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi qatnovlar tezlashadi va logistika ancha soddalashadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi