Logo

Isroil qurolli kuchlari G'azo shahriga keng qamrovli hujum boshladi

Avgust 21, 2025. 13:05 • 2 daq

50
Isroil qurolli kuchlari G'azo shahriga keng qamrovli hujum boshladi

TOSHKENT, 21-avgust. /"Dunyo" AA/. Hukumatlar mintaqa uchun yangi sulh taklifini ko'rib chiqayotgan bir paytda, Isroil harbiylari G'azo shahrini egallash bo'yicha quruqlikdagi operatsiyaning ilk bosqichi boshlaganini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Isroil armiyasi rasmiy vakili Effi Defrin "BBC" telekanaliga bergan intervyusida "Biz G'azo hududiga qarshi dastlabki operatsiyalarni boshladik va SAHAL kuchlari hozirda shahar chetlarini nazorat qilmoqda", – deya ta'kidladi.

Brifingda ishtirok etgan harbiy mutasaddining aytishicha,  zaxira askarlari sentyabrga qadar xizmatga chaqirilmaydi. Bu esa arab vositachilariga HAMAS va Isroil o'rtasidagi tinchlik shartlariga oid kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat taqdim etadi.

Ammo 20 avgust kuni Isroil qo'shinlari Falastin anklavida HAMAS jangarilari bilan to'qnash kelganidan so'ng, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu idorasi Isroil rahbari guruh istehkomlarini o'z nazoratiga olish va uni mag'lub etish muddatlarini tezlashtirganini aytdi.

Isroilning bayonotlari, mamlakat Falastinning eng yirik shahri G'azoni qo'lga kiritish rejasini amalga oshirishda davom etayotganini ko'rsatmoqda, xalqaro tanqidlarga qaramay, ko'proq falastinliklar ko'chirib yuborishi mumkin.

HAMAS telegram ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilgan bayonotida Isroil rahbarini "G'azo shahridagi begunoh tinch aholiga qarshi shafqatmiz urushni" to'xtatish kelishuviga to'sqinlik qilganlikda aybladi.

Hozirgi kunda Isroil G'azo sektori hududining taxminan 75 foizini nazorat qilmoqda. Shu oyda Isroil o'ziga tegishli harbiy operatsiyalarni kengaytirishni rejalashtirgan bo'lib, bugungi kunda mudofaa vaziri Israel Kas G'azo shahrini to'liq qo'lga kiritish rejasini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, HAMAS 60 kunlik tinchlik culhi taklifini arab vositachilari ishtirokida qabul qilgan edi. Isroil hukumati hali bu taklifni o'rganmoqda, biroq barcha qolgan gumondorlarning ozod qilinishi talabini bildirmoqda.

Isroilning G'azo sektoridagi harbiy operatsiyalari natijasida shu kunga qadar 62 mingdan ortiq odam halok bo'lgan, ularning katta qismi ayollar va bolalarni tashkil etadi. 2023-yil oktabrdan buyon ocharchilik oqibatida 269 kishi va may oyidan buyon yordam olishga harakat qilgan 1760dan ortiq odam vafot etgan.

 "AFP" agentligi olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish