Afg'onistonda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida o'nlab insonlar halok bo'ldi
Avgust 20, 2025. 12:50 • 54 soniya
• 63
KOBUL, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. Afg'oniston G'arbida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida 73 kishi, jumladan, 17 nafar bola halok bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"BBC" telekanali tarqatgan ma'lumotga ko'ra, avtobusdagilarning aksariyati Erondan kelgan muhojirlar bo'lgan. Kobulga ketayotgan avtobus Hirot viloyatida yuk mashinasi va mototsikl bilan to'qnashib ketganidan so'ng yonib ketgan, natijada avtobusdagi barcha yo'lovchilar, shuningdek, boshqa transport vositalaridagi ikki kishi halok bo'lgan.
"Yo'lovchilarning barchasi Islom Qal'asida avtobusga o'tirgan muhojirlar edi", – dedi Hirot viloyati gubernatori matbuot kotibi Muhammad Yusuf Saidiy.
"Afg'onistonda yo'l-transport hodisalari tez-tez sodir bo'ladi. Ushbu mamlakatdagi yo'llar mojarolar oqibatida jiddiy zarar ko'rgan va yo'l harakati qoidalariga esa qat'iy amal qilinmaydi", – deyiladi "BBC" xabarida.
Qayd etilishicha, avtobus Erondan deportatsiya qilingan, Afg'onistondagi ziddiyatli vaziyat tufayli vatanini tark etishga majbur bo'lgan afg'on muhojirlarini olib ketayotgan edi.
1970-yildan buyon millionlab afg'onlar Eron va Pokistonga qochib o'tgan.
BMT ma'lumotiga ko'ra, birgina 2025-yilning birinchi yarmida o'n yillik urush va gumanitar inqirozlardan qochgan 1,2 milliondan ortiq afg'onlar Eron va Pokistondan o'z vataniga qaytgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi