Birlashgan Millatlar Tashkilotiga tarixda ilk marotaba ayol kishi rahbar etib tayinlanishi mumkin
Sentabr 23, 2025. 16:29 • 48 soniya
• 112
TOSHKENT, 23-sentabr. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi bosh kotibi ilk bor ayol kishi bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bloomberg" agentligi ma'lumotiga ko'ra, nomzodlar orasida Yangi Zelandiyaning sobiq bosh vaziri Jasinda Ardern ham bor.
"Hozirgacha BMTga rahbarlik qilgan to'qqiz kishining hammasi erkaklar edi, – deyilgan xabarda. – Ushbu an'anani o'zgartirishga da'vat tobora kuchaymoqda. Shu oy qabul qilingan rezolyutsiya BMT a'zolarini Bosh kotib lavozimiga nomzod tanlashda gender masalasini jiddiy ko'rib chiqishga chaqiradi".
Qayd etilishicha, Jasinda Ardern tashqari ehtimoliy nomzodlar orasida Barbados hukumati boshlig'i Mia Mottli, BMT Inson huquqi bo'yicha sobiq komissari Mishel Bachelet va bosh kotib o'rinbosari Amina Muhammad ham bor.
AQSh birinchi navbatda Amerika ustuvorligiga javob beradigan rahbarni afzal ko'rishi ehtimoli yuqori. Shu bois Vashington Eronning yadroviy dasturi tashabbusi va Barqaror rivojlanish maqsadi bo'yicha pozitsiyasi uchun MAGATE bosh direktori Rafael Grossi nomzodini qo'llab-quvvatlashi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi