Logo

Eron tashqi ishlar vaziri mamlakat uranni boyitishdan voz kecholmasligini ma'lum qildi

Iyul 22, 2025. 19:54 • 2 daq

35
Eron tashqi ishlar vaziri mamlakat uranni boyitishdan voz kecholmasligini ma'lum qildi

TEHRON, 22-iyul. /Dunyo AA/. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida Tehron uranni boyitishdan voz kechmasligini ma'lum qildi, deb xabar qilyapti "Dunyo AA muxbiri.

Eron tashqi ishlar vazirining aytishicha, boyitish jiddiy zarar tufayli to'xtatilgan. "Biroq, biz uranni boyitishdan voz kecholmasligimiz aniq, chunki bu olimlarimizning yutug'i, – dedi vazir. Va bu milliy g'urur masalasidir".


U, shuningdek, Eron Qo'shma Shtatlar bilan muzokaralar uchun ochiq ekanini ta'kidlab, har qanday bo'lajak yadroviy kelishuv Tehronga boyitish huquqini berishi kerakligini qo'shimcha qildi. "Agar ular (AQSh) o'zaro manfaatli yechim izlasa, men ular bilan gaplashishga tayyorman", dedi Eron TIV rahbari.


 Ta'kidlash joizki, Tehron yadroviy dasturi bo'yicha AQSh-Eron muzokaralari Isroilning Eron yadro inshootlariga hujumi tufayli to'xtatilgan edi. Keyin Vashington tinch maqsadlarda atom energiyasi ishlab chiqarish uchun Eron va boshqa arab davlatlari ishtirokida mintaqaviy konsorsium yaratishni taklif qildi.


25-iyul kuni Eron, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari Istanbulda Eron yadro dasturi bo'yicha muzokaralar o'tkazadi. Bu Eron va Isroil o'rtasidagi 12 kunlik harbiy qarama-qarshilikdan keyingi ilk uchrashuvdir.


Eslatib o'tamiz, Yevropa davlatlari yadroviy muzokaralar tiklanmasa yoki aniq natijalar bermasa, avgust oyi oxirigacha BMTning Tehronga qarshi sanksiyalari tiklanishini bildirdi.


Biroq, "Reuters" agentligi Eron tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Kazem G'aribobodiy bayonotiga tayanib xabar berishicha, Eronga qarshi xalqaro sanksiyalarning qayta joriy etilishi uning yadroviy dasturi atrofidagi "vaziyat"ni murakkablashtiradi.

"AFP" agentligi olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish