Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litsey direktori Oydin Mannopova "Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlandi
Avgust 30, 2025. 14:04 • 46 soniya
• 194
TOSHKENT, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi farmoniga muvofiq xorijiy davlatlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilib kelayotgan bir qator diplomatlar orden va medallar bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mukofotlanganlar orasida O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida uzoq yillar ishlagan diplomat, hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litsey direktori Oydinxon Mannopova ham bor.
O'zbekiston va xorijiy hamkorlar o'rtasidagi o'zaro manfaatli munosabatlar va samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim o'rin tutayotgan mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, yosh avlodni diplomatiya sohasiga tayyorlashga qo'shgan ulkan hissasi inobatga olinib, Oydinxon Mannopova II darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
Hamkasbimizni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklab, unga muhim va mas'uliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi