Logo

Qozog'iston va O'zbekiston chegarasida neft mahsulotlarini noqonuniy tashish uchun qazilgan yer osti tunneli aniqlandi

Iyul 22, 2025. 15:00 • 44 soniya

90
Qozog'iston va O'zbekiston chegarasida neft mahsulotlarini noqonuniy tashish uchun qazilgan yer osti tunneli aniqlandi

OSTONA, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. Jinoiy guruh Qozog'iston va O'zbekiston chegarasi orqali o'tuvchi yer osti tunnelidan ikki yil davomida yoqilg'i olib o'tgan, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining birgalikdagi harakatlari natijasida neft mahsulotlari kontrabandasi bo'yicha xalqaro sxema fosh etildi.

"Jinoiy guruh Qozog'iston va O'zbekiston chegarasida 450 metr uzunlikdagi yer osti tunnelini qurgan, – deya xabar qildi Qozog'iston Moliyaviy monitoring agentligi. – Tunnel orqali ikki oy davomida jinoiy guruh barqaror kontrabanda sxemasini yo'lga qo'ygan. Jumladan, xorijdan moliyalashtirish, logistika, yoqilg'i-moylash materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, O'zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ham o'z hududida tegishli choralarni ko'rgan. Qo'shma tadbirlar natijasida jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari, jumladan, O'zbekiston fuqarolari aniqlangan. Qozog'istonning besh nafar fuqarosi ham gumondor sifatida qo'lga olingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish