Logo

AQSh grin-kartda ishtirok etishni pullik qildi

Sentabr 18, 2025. 15:53 • 1 daq

40
AQSh grin-kartda ishtirok etishni pullik qildi

VASHINGTON, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. AQSh Davlat departamenti birinchi marta har bir grin-kart lotereyasi ishtirokchisi uchun 1 dollar miqdorida ro'yxatdan o'tish yig'imini joriy qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

AQSh hukumatining Federal reyestri ma'lumotiga ko'ra, yangi tartib oktyabr oyida ochiladigan "DV 2027" (grin-karta) uchun ro'yxatdan o'tish doirasida kuchga kiradi.

Bugungi kungacha mazkur xarajat uchun to'lov lotereya natijalari bo'yicha tanlab olingan ishtirokchilar tomonidan yashash uchun ruxsatnoma olishga ariza topshirishda to'lanadigan 330 dollarlik yig'im doirasida amalga oshirilgan. Yangi yig'imning joriy etilishi har yili qo'shimcha 25 million dollargacha mablag' ishlab topish imkonini berishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mablag'lar arizalarni yig'ish tizimlarini ishlatish, ma'lumotlarni saqlash, g'oliblarni avtomatik tanlash, shuningdek, xavfsizlik tekshiruvlarini ta'minlashga yo'naltiriladi. Shu bilan birga, departament to'lov joriy etilgandan so'ng arizalar soni kamayishi mumkinligini inkor etmagan.

AQSh Davlat departamenti har yili 50 ming grin-kart e'lon qiladi. O'yin tasodifiy o'tkaziladi, ammo g'alaba qozonganingizdan so'ng sizdan "DS-260" immigratsiya anketasini to'ldirishingiz hamda suhbat va tibbiy ko'rikdan o'tishingiz talab qilinadi.

Eslatib o'tamiz, bu yil O'zbekistondan 5564 nafar kishi grin-kart yutdi va birinchi o'rinni egalladi. O'tgan yili AQShda 12,8 million kishi grin-kart va 3,6 million kishi vaqtinchalik viza bilan ro'yxatga olingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish