Endilikda Bolgariya va Ruminiyaga ham Shengen viza bilan sayohat qilish mumkin
Mart 29, 2024. 18:48 • 39 soniya
• 410
TOSHKENT, 29-mart. /"Dunyo" AA/. Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan Bolgariya va Ruminiyaning Shengen hududiga qabul qilingani bo'yicha tadbir o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

YI vakolatxonasining ma'lum qilishicha, Bolgariya va Ruminiya 2024-yil 31-martdan boshlab Shengen hududiga qabul qilinadi.
"Bolgariya va Ruminiyaning Shengen hududiga a'zo bo'lishi savdo va turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ikki mamlakatni ham ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!" – deydi YI elchisi Sharlotta Adrian.
Eslatib o'tamiz, Bolgariya va Ruminiyaning qo'shilishi bilan Shengen hududi 29 ta davlatdan iborat bo'ladi. Shengen vizasi a'zo davlatlar o'rtasida chegara nazoratidan o'tmasdan erkin sayohat qilish imkonini beradi.
Ushbu imtiyozning O'zbekiston fuqarolari uchun yana bir qulay tomoni mazkur ikki mamlakatning ham Toshkentda o'z elchixonalari mavjudligidadir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi