Kamchatka sohillarida 8,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
Iyul 30, 2025. 09:07 • 35 soniya
• 52
TOSHKENT, 30-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun Rossiyaning Kamchatka sohillari yaqinida kuchli zilzila sodir bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda "Meduza" nashri Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati mahalliy bo'limi xabariga asoslanib ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, zilzila magnitudasi turli baholarga ko'ra 8,7 ballga yetgan, bu Kamchatka seysmik zonasida 1952-yildan buyon sodir bo'lgan eng kuchli Yer silkinishi bo'ldi.
Kamchatkadagi zilziladan keyin sunami xavfi e'lon qilindi. Xavfli kuchli sunami, Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Kamchatka qirg'oqlarida va Saxalin viloyatidagi Severo-Kurilskda kuzatilgan. Shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan Yaponiya, Gavayi, AQSh, Meksika va Chilida sunami xavfi e'lon qilindi, deyilgan manbada.
BBC News saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi