O'zbekiston ESKATOning Osiyo-Tinch okeani Rivojlanish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha o'quv markazi Boshqaruv kengashi a'zoligiga saylandi
Aprel 25, 2025. 09:06 • 48 soniya
• 851
BANGKOK, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 21-25-aprel kunlari Bangkok shahrida joylashgan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (UN ESCAP)ning 81-yillik sessiyasi bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Sessiyada ESKATOga a'zo 53 davlat, assotsiyalashgan a'zolar va xalqaro tashkilotlardan jami 900 ga yaqin ishtirokchi qatnashyapti.
Vazirlar darajasida tashkil etilgan tadbir "Osiyo va Tinch okeanida hech kimni ortda qoldirmasdan, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibi va uning BRMga erishish uchun barqaror, inklyuziv, ilmiy va dalillarga asoslangan yechimlarni ilgari surish" mavzusiga bag'ishlandi.
O'zbekiston tadbirda ESKATOdagi Doimiy vakili darajasida ishtirok etdi.
Sessiya doirasida 22-23-aprel kunlari ESKATOning Osiyo-Tinch okeani Rivojlanish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha o'quv markazi Boshqaruv kengashi yangi a'zolari uchun saylovlar o'tkazildi.
Saylov natijalariga ko'ra, ilk marotaba O'zbekiston (Raqamli texnologiyalar vazirligi) 2025-2028-yillar uchun Osiyo-Tinch okeani Rivojlanish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha o'quv markazi Boshqaruv kengashi a'zosi sifatida saylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi