Logo

Belgiya maktablarida yangi o'quv yilidan boshlab smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi

Avgust 20, 2025. 09:45 • 2 daq

42
Belgiya maktablarida yangi o'quv yilidan boshlab smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi

BRYUSSEL, 20-avgust. /Dunyo" AA /. 2025-2026-o'quv yilidan boshlab Belgiya boshlang'ich va o'rta maktablarida smartfon hamda boshqa elektron qurilmalardan ta'limdan tashqari maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"The Brussels Times" yangiliklar portali ma'lumotiga ko'ra, mamlakatning barcha hududlarida mobil telefonlar va boshqa elektron qurmalardan foydalanishga taqiq joriy etiladi. Ushbu cheklov faqat tibbiy ko'rsatmalar bilan bog'liq holatlar yoki favqulodda vaziyatlar uchun amal qilmaydi.


Uchta til hamjamiyatining tartib-qoidalaridagi farqlarga qaramay, yangi taqiq butun Belgiya hududida amalda bo'ladi. Shu bilan birga, maktablar qoidalar buzilganda jazo choralarini o'zlari mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega bo'ladi.


Valloniyadagi va Bryusseldagi fransuz tilidagi boshlang'ich maktablarda mobil telefonlardan foydalanish bo'yicha cheklovlar 2024–2025-o'quv yilidan boshlab amal qilmoqda. O'rta maktablarda esa telefonlardan foydalanish "cheklovchi" shaklda tartibga solingan.


Nemis tilida so'zlashuvchi aholi yashaydigan maktablarda smart-soatlar va mobil telefonlarga ulanadigan boshqa qurilmalardan foydalanish qat'iyan taqiqlanmoqda. Ushbu cheklovlar nafaqat dars jarayonida, balki tanaffus vaqtida ham amalda bo'ladi. Ushbu yangi tartib o'quvchilarning diqqatini darsga jamlashni ta'minlash, o'quv muhitini samarali qilish hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan.


Niderland tilida so'zlashuvchi (flamand) hududida, bolalar bog'chalari va boshlang'ich maktablarda allaqachon joriy etilgan mazkur qoida endilikda o'rta maktablarga ham tadbiq etiladi.


Belgiyada ta'lim yili fransuz tilida so'zlashuvchi maktablarda 25-avgustdan, qolgan hududlardagi maktablarda esa 1-sentyabrdan boshlanadi. Belgiya Statistika boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat aholisining deyarli 17 foizi 15 yoshgacha bo'lgan bolalardan iborat.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish