Logo

Nigeriyada yo'lovchi qayig'i cho'kib ketishi oqibatida 25 kishi halok bo'ldi

Iyul 28, 2025. 19:26 • 25 soniya

34
Nigeriyada yo'lovchi qayig'i cho'kib ketishi oqibatida 25 kishi halok bo'ldi

TOSHKENT, 28-iyul. /"Dunyo" AA/. Nigeriyaning Niger shtatida yo'lovchi qayig'i daryoga cho'kib ketibdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turkiyaning "Anadolu" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, Munya tumani aholisini bozorga olib ketayotgan qayiq Shiroro tumanida cho'kib ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 25 kishi halok bo'lgan, o'nlab odamlar bedarak yo'qolgan.

Rasmiylar mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini va qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavfsiraganini bildirdi.

Nigeriyada yomg'irli mavsumda daryo va ko'llarda tez-tez qayiqlarning cho'kishi kuzatiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish