"Toshkent–Kopengagen–Toshkent" yo'nalishi bo'ylab to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi
Avgust 25, 2025. 07:20 • 42 soniya
• 123
STOKGOLM, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari "Centrum Air" xususiy milliy aviakompaniyasining Xalqaro savdo bo'yicha direktori Salah Kadri, Skandinaviya mamlakatlari bo'yicha bosh savdo menejeri Ibraxim Ramadan va kompaniya ekspertlari bilan onlayn uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Shimoliy Yevropa davlatlari o'rtasida savdo aloqalarini kengaytirish hamda sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.
2025-yil oktabr oyidan boshlab ushbu aviakompaniya tomonidan "Toshkent – Kopengagen – Toshkent" yo'nalishi bo'ylab to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yilayotgani, Markaziy Osiyo va Skandinaviya davlatlarini keng targ'ib qilish, jumladan qo'shma turizm va madaniy tadbirlarni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Hamkorlik doirasida Shimoliy Yevropa mintaqasidagi yirik xalqaro sayyohlik yarmarkalarida tegishli taqdimotlar o'tkazish hamda skandinaviyalik mashhur bloger va jurnalistlardan iborat guruhning O'zbekistonga press-turini amalga oshirish taklifi qo'llab-quvvatlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi