Logo

Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan C gepatitiga qarshi dori vositalarining oltinchi turkumi O'zbekistonga yetkazildi

Fevral 25, 2024. 12:11 • 41 soniya

597
Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan C gepatitiga qarshi dori vositalarining oltinchi turkumi O'zbekistonga yetkazildi

QOHIRA, 26-fevral. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 24-fevral kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining joriy yildagi oltinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Umumiy 12 ta qutida joylashtirilgan 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu mamlakat hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollariga teng bo'lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) C gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir" V gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarini insonparvarlik ko'magi sifatida O'zbekistonga taqdim etilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan.

2023-yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo'lgan mazkur nomdagi dori vositalari mamlakatimizga taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish