Braziliya Oliy sudi sobiq prezidentni 27 yillik qamoq jazosiga hukm qildi
Sentabr 12, 2025. 12:48 • 41 soniya
• 44
TOSHKENT, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

"BBC" ma'lumotiga ko'ra, Braziliya Oliy sudi Jair Bolsonaruni 2022-yilgi saylovlarda mag'lub bo'lganidan keyin harbiy to'ntarish uyushtirish bo'yicha aybdor deb topganidan so'ng ko'p o'tmay hukm chiqardi.
Sud uni beshta modda, jumladan, jinoiy tashkilotga rahbarlik qilish, demokratik tartibni buzish va 2023-yil yanvarida hukumat binolariga hujum qilishda ishtirok etishda aybdor deb topdi. Hukmni chiqarish uchun hal qiluvchi ovozni sudya Karmen Lyusiya berdi va sobiq prezidentning harakatlari mamlakatning demokratik institutlariga tahdid, deya baholadi.
Jair Bolsonaruning advokatlari hukmni "bema'nilik" deb atashdi va xalqaro sudlarga murojaat qilishlarini bildirishdi. Uy qamog'ida bo'lgan sobiq rahbarning o'zi salomatligi sababli sudda qatnashmadi.
"BBC"saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi