Bugun yangi Rim papasini saylash bo'yicha konklav yig'iladi
May 07, 2025. 14:22 • 2 daq
• 81
TOSHKENT, 7-may. /"Dunyo" AA/. Bugun Vatikanda yangi Rim papasini saylovchi konklav yig'iladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Reuters" agentligining Vatikandagi yuqori lavozimli manbaga tayanib xabar berishicha, ovoz berish va yashirin ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan barcha 133 nafar kardinal allaqachon yetib borgan. Cherkov qoidalariga ko'ra, konklavda faqat 80 yoshgacha bo'lgan kardinallar ishtirok etishi mumkin.
"Konklav 7-may kuni soat 16:30 da XV Sikstina kapellasida yopiq eshiklar ortida boshlanadi. 80 yoshgacha bo'lgan kardinallar o'zlari ma'qul topgan nomzod uchun ovoz beradilar. Ularning tanlovi katolik cherkovi va butun dunyo bo'ylab 1 milliard rimlik katolik cherkovi vakillariga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ayni paytda keyingi Rim papasi kim bo'lishini oldindan aytish juda qiyin", – deb yozadi "BBC".
Qayd etilishicha, tarixda birinchi marta kardinal saylovchilarning yarmidan kamrog'ini yevropaliklar tashkil qilmoqda.
"Konklavlar ko'pincha bir necha kun davom etadi va bitta nomzod papa etib saylanish uchun zaruriy ko'pchilik ovozlarning to'rtdan uch qismini qo'lga kiritgunga qadar bir necha bosqich ovoz berishni talab qiladi. Dushanba kuni ertalabki yig'ilishda 180 nafar kardinal, shu jumladan 132 nafar saylovchi ishtirok etdi. 133-kardinal saylovchi ham Rimda, biroq Keniyadan ikki nafar kardinal sog'lig'idagi muammo sababli saylovda ishtirok eta olmaydi", – deya xabar beradi "Reuters".
Vatikan Davlat kotibi kardinal Piyetro Parolin va filippinlik kardinal Luis Antonio Tagle tez-tez asosiy nomzodlar sifatida tilga olinsa-da, ko'pchilik saylovchilar hali bir qarorga kelmagan.
"Katolik cherkovining 252 nafar kardinalidan 135 nafari ovoz berish huquqiga ega. Saylovchilarning salmoqli qismini konklavda birinchi marta ishtirok etayotgan kardinallar, jumladan, Osiyo va Okeaniyadan 27 nafar vakil tashkil etadi. Bu marhum Papa Frensiskning geografik vakolatini Yevropa va Amerikadan tashqarida kengaytirish istagini aks ettiradi. Ovoz berish jarayonini 5 may kuni emas, balki 7-may kuni boshlash haqida qaror qabul qilingan. Kordinallar 267-Rim papasini saylashdan oldin bir-birini yaxshiroq bilish istagi", – deb yozadi "TheTimes".
"BBC" saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi