Logo

Misrda O'zbekiston bilan hamkorlikda ammofos ishlab chiqarish zavodi quriladi

Avgust 28, 2025. 06:58 • 38 soniya

111
Misrda O'zbekiston bilan hamkorlikda ammofos ishlab chiqarish zavodi quriladi

QOHIRA, 28-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida "O'zkimyosanatloyiha" AJ delegatsiyasining Misrga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya a'zolari Misrning nufuzli sanoat kompaniyalaridan biri – "Polyserve Group" rahbariyati bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ammofos ishlab chiqarish zavodi loyihasini jadallashtirish va o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan muzokara olib bordi.

Qo'shma loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat o'g'it ishlab chiqarish sohasidagi salohiyatni oshirish, balki mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq xo'jaligida barqaror o'sishni qo'llab-quvvatlash hamda ekologik jihatdan samarali texnologiyalarni tatbiq etishga ham xizmat qiladi.

"O'zkimyosanatloyiha" AJ xalqaro miqyosdagi bunday strategik sheriklik orqali O'zbekiston kimyo sanoati salohiyatini yuksaltirish, yangi tashqi bozorlarga chiqish va ilg'or sanoat infratuzilmasini shakllantirish borasida izchil sa'y-harakatlarni davom ettirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish