Misrlik tadbirkor Qoraqalpog'istonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshiradi
May 25, 2025. 14:17 • 47 soniya
• 468
ABU-DABI, 25-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko'magida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyaning misrlik tadbirkor, BAAda ro'yxatdan o'tgan "Bell Energy" kompaniyasi boshqaruvi raisi Haysam Husayn bilan muzokaralari tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar Qoraqalpog'istonning investitsion salohiyati, iqtisodiy ko'rsatkichlari, istiqbolli xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo'yicha imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, "Bell Energy" kompaniyasining ushbu hududda istiqbolli investitsiya loyihalarda ishtiroki masalasi ko'rib chiqildi.
O'tkazilgan muloqotlar natijasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va "Bell Energy" kompaniyasi hamda uning biznes hamkorlari o'rtasida bir qator anglashuv memorandumlari imzolandi.
Hujjatlar neft mahsulotlarini saqlashga mo'ljallangan omborlarini barpo qilish, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish, bioetanol va aviatsiya yonilg'isi uchun xomashyo hisoblangan bambuk ekinzorlarini barpo qilish va bolalar farovonligini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni nazarda tutadi.
Imzolangan hujjatlarni amalga oshirish maqsadida tomonlar har bir loyihaning texnik jihatlari va moliyaviy masalalarini ishlab chiqish va o'zaro muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi