Logo

O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili Eron tashqi ishlar vazirining yordamchisi bilan Afg'oniston yo'nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Avgust 15, 2025. 19:36 • 33 soniya

825
O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili Eron tashqi ishlar vazirining yordamchisi bilan Afg'oniston yo'nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Eron tashqi ishlar vaziri yordamchisi - Janubiy Osiyo bo'yicha departamenti direktori Muhammad Rizo Bahromiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida Afg'oniston yo'nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik mavzulari muhokama qilindi.

Tomonlar O'zbekiston va Eron o'rtasidagi muntazam va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda ikki va ko'p tomonlama formatlarda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish