Logo

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

May 07, 2025. 21:21 • 29 soniya

237
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

TOSHKENT, 7-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Pokiston o'rtasidagi keskinlashib borayotgan vaziyat munosabati bilan rasmiy bayonot berdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o'rtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda, – deyiladi O'zbekiston TIV bayonotida. – Ikkala tomonni vazminlik ko'rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz.

O'zbekiston vaziyatni deyeskalatsiya qilish va tinch yo'l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish