O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi
Sentabr 24, 2025. 19:19 • 33 soniya
• 247
TOSHKENT, 24-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov bugun Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Asad Majid Xon bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida Tashkilot faoliyatini yana-da takomillashtirish hamda IHT doirasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda, shuningdek, O'zbekiston Prezidentining IHT sammitlarida ilgari surgan tashabbuslarini izchil ilgari surish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, "Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035"ni qabul qilish, Savdoni soddalashtirish to'g'risidagi bitimni imzolash hamda IHT Raqamli transport va bojxona idorasini ta'sis etish masalalari muhokama qilindi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi