Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili JICAning Afg‘oniston ofisi yangi rahbari bilan uchrashdi

Dekabr 12, 2025. 16:34 • 28 soniya

79
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili JICAning Afg‘oniston ofisi yangi rahbari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning JICA agentligining Afg‘onistondagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan rahbari Sota Tosaka bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Yaponiya tomoni Termiz shahrida yaratilgan infratuzilmani yuqori baholadi va uni Afg‘oniston xalqining farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda foydalanishga qiziqish bildirdi.

 “Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish