Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari va Turkmaniston elchisi bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

Avgust 29, 2025. 20:08 • 24 soniya

38
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari va Turkmaniston elchisi bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

TOSHKENT, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov bugun Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv davomida oliy darajadagi kelishuvlarning bajarilishi va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish