Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari va Iordaniya elchisi o'zbek–iordaniya kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Noyabr 20, 2025. 09:37 • 56 soniya

81
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari va Iordaniya elchisi o'zbek–iordaniya kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev bugun Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddod bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar davomida tomonlar o'zbek–iordaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, siyosiy muloqotni kengaytirish, iqtisodiy sohada sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, madaniyat, ta'lim va gumanitar almashinuvlar yo'nalishidagi qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish