Logo

O'zbekiston TIV rahbarining birinchi o'rinbosari va Germaniya elchisi muzokaralar chog'ida barqaror ish o'rinlari yaratishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratdilar

Sentabr 24, 2025. 19:40 • 37 soniya

345
O'zbekiston TIV rahbarining birinchi o'rinbosari va Germaniya elchisi muzokaralar chog'ida barqaror ish o'rinlari yaratishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratdilar

TOSHKENT, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev bugun Germaniya elchisi Manfred Huterer bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, o'zaro munosabatlarni ikki va ko'p tomonlama yo'nalishda yanada mustahkamlash, shuningdek, 2025-yilga mo'ljallangan qo'shma tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va ilg'or texnologiyalarini jalb etish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlash, hamda mamlakat hududlarida barqaror ish o'rinlari yaratishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish