Logo

O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi afg'on kelishuvi masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettiradi 

May 13, 2025. 09:59 • 29 soniya

713
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi afg'on kelishuvi masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettiradi 

TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Eduards Stiprais bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, Afg'onistondagi vaziyat hamda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar afg'on kelishuvi masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish