O'zbekiston TIV rahbari "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi yig'ilishda ishtirok etdi
Aprel 26, 2025. 17:06 • 44 soniya
• 388
TOSHKENT, 26ғaprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Olmaota shahrida "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Olmaota shahrida Markaziy Osiyo – Xitoy formati doirasida tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvi bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Hamkasblarimiz bilan birgalikda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, savdo va o'zaro bog'liqlikni kengaytirish, umumiy chaqiriqlarga birgalikda yechim topish masalalarida samarali va samimiy muhokamalar o'tkazdik.
O'zbekiston o'z qo'shnilari va Xitoy bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, o'zaro ishonchni mustahkamlash va mintaqamizda barqaror rivojlanishni rag'batlantirishga sodiq qoladi. Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar barcha uchun umumiy farovonlik yo'lida xizmat qilishiga qat'iy ishonamiz.
Barcha qatnashchilarga konstruktiv ishtiroklari uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusida ham hamkorligimizni davom ettiramiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi