Logo

O'zbekiston TIV rahbari Afg'oniston xalqi va hukumatiga mamlakatda sodir bo'lgan dahshatli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi va har tomonlama yordam berishga tayyorligini tasdiqladi

Sentabr 02, 2025. 17:44 • 41 soniya

437
O'zbekiston TIV rahbari Afg'oniston xalqi va hukumatiga mamlakatda sodir bo'lgan dahshatli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi va har tomonlama yordam berishga tayyorligini tasdiqladi

TOSHKENT, 2-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg'oniston Sharqida sodir bo'lgan zilzila oqibatida ko'plab odamlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan mazkur mamlakat xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan va keng ko'lamli vayronagarchiliklarga sabab bo'lgan dahshatli zilzila munosabati bilan Afg'oniston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardligimizni bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Halok bo'lganlarning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etib, jabrlanganlarning tez orada sog'ayishlarini tilaymiz.

Biz og'ir kunlarda birodar Afg'oniston xalqi bilan birdam bo'lib, ushbu fojiali tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish