O'zbekiston va Afg'oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama an'anaviy do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar
Aprel 28, 2025. 09:09 • 48 soniya
• 826
TOSHKENT, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi an'anaviy do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash tarafdori ekanimizni tasdiqladik. Shiddat bilan kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorligimizning turli yo'nalishlarida erishilgan muvaffaqiyatlarga alohida e'tibor qaratib hali ham foydalanilmagan salmoqli salohiyat mavjudligini ta'kidladik. Biz mintaqaning to'liq salohiyatini ochishga qaratilgan muhim o'zaro bog'liqlik tashabbusi bo'lgan Trans-Afg'on temir yo'li loyihasini ham muhokama qildik. Barqaror rivojlanish, shuningdek, butun mintaqada tinchlik va osoyishtalikni saqlashga ko'maklashish yo'lida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi