O'zbekiston va Kuvayt TIV rahbarlari Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi ko'priklarni mustahkamlash tarafdori
Aprel 26, 2025. 12:58 • 35 soniya
• 98
TOSHKENT, 26-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo janoblari bilan telefon orqali ochiq va samimiy muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi do'stona va mustahkam aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda munosabatlarimizni kengaytirish imkoniyatlariga e'tibor qaratdik.
Markaziy Osiyo va Ko'rfaz mintaqasi o'rtasidagi ko'priklarni mustahkamlash yo'lidagi o'zaro hamkorligimiz uchun minnatdorlik bildiramiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi