Logo

O'zbekiston va BAA TIV rahbarlari telefon orqali bo'lajak qo'shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar

Yanvar 03, 2025. 10:10 • 43 soniya

1057
O'zbekiston va BAA TIV rahbarlari telefon orqali bo'lajak qo'shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar

TOSHKENT, 3-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan samarali telefon muloqoti o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bo'lajak tadbirlar rejasini va turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo'llarini muhokama qildik".

Eslatib o'tamiz, 2024-yil sentyabr oyi oxirida Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan muzokaralarda O'zbekiston va BAA tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yo'llari, bo'lajak tadbirlar jadvali, shuningdek, mintaqa va global miqyosdagi hamkorlikni muhokama qilgan edilar.

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish