Logo

O'zbekiston TIV Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi

Iyun 13, 2025. 15:50 • 36 soniya

267
O'zbekiston TIV Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi

TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan holda rasmiy bayonot berdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi, – deyiladi hujjatda. – Barcha tomonlarni to'liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to'xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo'l bilan hal etishga chaqiramiz.


Keng ko'lamli to'qnashuvga olib kelishi mumkin bo'lgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uyg'otmoqda.


O'zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo'yicha sa'y-harakatlarga ko'maklashishga tayyorligini bildiradi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish