O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi
Iyul 08, 2025. 21:29 • 39 soniya
• 497
TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tbilisi shahrida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili Janobi Oliylariga yetkazish sharafiga muyassar bo'ldik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Gruziya tomonining ikki tomonlama aloqalarda mavjud ulkan imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish borasidagi qat'iy intilishini yuksak qadrlaymiz.
Uchrashuv davomida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorligimiz izchil va jadal rivojlanib borayotganini yana bir bor ta'kidladik.
O'zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari ushbu ijobiy sur'atni mustahkamlash, xalqlarimiz manfaatlari yo'lida yana-da samarali natijalarga erishish uchun barcha resurslarini safarbar etishiga kelishib oldik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi