Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tbilisida Gruziya Parlamenti raisi bilan uchrashdi

Iyul 08, 2025. 20:50 • 38 soniya

481
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tbilisida Gruziya Parlamenti raisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tbilisi shahrida Gruziya Parlamenti raisi Shalva Papuashvili bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Gruziya Parlamenti Raisi Shalva Papuashvili janoblari bilan samarali uchrashuv bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Gruziya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muhim tayanchlaridan biri sifatida parlamentlararo aloqalar alohida o'rin tutadi.


Uchrashuv davomida xalqlarimiz o'rtasidagi yaqin rishtalarni mustahkamlab borish, har ikki mamlakatda madaniyat kunlarini tashkil etish, tajriba va bilim almashinuvini yo'lga qo'yish zarurligini ta'kidladik".


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ikki tomonlama muzokaralar o'tkazish maqsadida bugun Gruziyaga bordi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish