Yangi Zelandiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

Dekabr 09, 2024. 14:09 • 2 daq

• 1487
Yangi Zelandiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

TOSHKENT, 9-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yangi Zelandiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchisi Mark Julian Treynorni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Yangi Zelandiyaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Mark Julian Treynor janoblarini qutladik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o'zaro manfaatli hamkorlikning keng qamrovli kun tartibini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda muhim harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qilishlari lozim. Muloqot davomida barqaror qishloq xo'jaligi, sanoatni rivojlantirish, "yashil" iqtisodiyot, tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlik va boshqa istiqbolli yo'nalishlarga e'tibor qaratdik. Janob Elchini tabriklaymiz!"

Mark Julian Treynor 2023-2024-yillarda Yangi Zelandiyaning O'zbekistondagi elchisi lavozimida ishlagan Sara Meri Uolsh o'rniga tayinlandi. O'zbekiston va Yangi Zelandiya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 11-martda o'rnatilgan. 

2019-yil 1-fevralda O'zbekiston Yangi Zelandiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartibni joriy qildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish