Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O'zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Iyul 07, 2025. 16:28 • 42 soniya
• 544
TOSHKENT, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Indoneziyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida.
– Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo'lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladik. Shubhasiz, O'zbekiston-Indoneziya o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko'plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Indoneziya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 23-iyunda o'rnatilgan. O'zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi