O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Pokiston va Qatar elchilari bilan ikki tomonlama iqtisodiy kun tartibining dolzarb jihatlarini muhokama qildi
Noyabr 16, 2024. 10:02 • 57 soniya
• 115
TOSHKENT, 16-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev kecha Pokiston va Qatar elchilari Ahmad Faruk va Hasan Hamza Hoshim bilan alohida uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida O'zbekiston bilan ushbu davlatlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi, iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
Asosiy e'tibor rejalashtirilgan tashriflar va turli darajadagi qo'shma tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlariga qaratildi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi