O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili va YI elchisi mamlakatimizda Afg'oniston fuqarolari uchun ta'lim dasturlarini amalga oshirish doirasida o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
Mart 28, 2024. 12:21 • 37 soniya
• 102
TOSHKENT, 28-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda mamlakatimizda Afg'oniston fuqarolari, ayniqsa, yosh yigit va qizlar uchun ta'lim dasturlarini amalga oshirish doirasida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Og'ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga duch kelgan afg'on xalqiga insonparvarlik yordamini ko'rsatishni davom ettirish zarurligiga e'tibor qaratildi.
Sharlotta Adrian Yevropa Ittifoqining afg'on muammosi, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari bo'yicha O'zbekiston bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta'kidladi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi