O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Shveysariya elchisi Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik istiqbollari hamda mintaqaviy suv resurslarini boshqarish masalalarini muhokama qildilar
Iyun 27, 2025. 09:37 • 28 soniya
• 578
TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev 25-iyun kuni Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar davomida Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik istiqbollari hamda mintaqaviy suv resurslarini boshqarish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O'zbekiston va Shveysariya o'rtasida tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishga o'zaro qiziqish bildirganliklarini tasdiqladilar va muntazam maslahatlashuvlar o'tkazishni qo'llab-quvvatlashga kelishib oldilar.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi