TIVda O'zbekiston va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Noyabr 28, 2023. 16:00 • 40 soniya
• 139
TOSHKЕNT, 28-noyabr. /«Dunyo» AA/. Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Oybek Shaxavdinov Buyuk Britaniya elchisining o'rinbosari Stiven Anderson bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Suhbat davomida O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, turli darajadagi rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar va tashriflarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari ko'rib chiqildi.
Suhbatdosh joriy yil 28-30-noyabr kunlari London shahrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashining (UBTIС) navbatdagi yig'ilishiga puxta tayyorgarlik ko'rilayotgani va ushbu tadbirda britan tomonidan 300 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida turli yo'nalishlarda hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish maqsadida doimiy ravishda muloqot o'tkazib turishga kelishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi