Logo

O'zbekiston G'arbiy Afrikaning yana bir davlati – Togo Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi

Sentabr 27, 2024. 15:53 • 34 soniya

107
O'zbekiston G'arbiy Afrikaning yana bir davlati – Togo Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi

TOSHKENT, 27-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Togo tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

"Togo – biz bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan 155-davlat bo'ldi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Togo Respublikasi tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse janoblari bilan birgalikda diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunikeni imzoladik. Shubhasiz, Afrika qit'asi davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish uchun katta imkoniyatlarimiz mavjud".


Eslatib o'tamiz, avvalroq Nyu-Yorkda O'zbekiston va Liberiya tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi qo'shma kommyunikeni imzolagan edilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish