Ammon shahrida O'zbekiston va Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlarining ikkinchi davrasi bo'lib o'tdi
Sentabr 22, 2025. 09:15 • 52 soniya
• 285
TOSHKENT, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Ammon shahrida O'zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi davrasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, delegatsiyalarga O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev hamda Iordaniya tashqi ishlar va muhojirlar masalalari vazirining birinchi o'rinbosari Dayfulloh Ali Al-Fayez rahbarlik qildi.
Muzokaralarda Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning mamlakatimizga ilk oliy darajadagi tashrifi ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab bergani alohida ta'kidlandi.
Tomonlar tashrif yakunlari bo'yicha imzolangan "Yo'l xaritasi"da belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va xalqaro tashkilotlar doirasida o'zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Iqtisodiy diplomatiya, jumladan, o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiy munosabatlarni diversifikatsiya qilish, qo'shma investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari, ta'lim, ilm-fan, turizm sohalaridagi hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi aniq masalalar muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi